logo
Loading...

Platforma sinov tariqasida ishga tushirilgan

logologo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqida
  • Markaz haqida
  • Rahbariyat
  • Tashkiliy tuzilma
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
Ochiq ma’lumotlar
  • Rivojlanish strategiyasi
  • Xaridlar to‘g‘risida
Korporativ boshqaruv
  • Biznes-reja
  • Ta’sischi qarorlari
  • Hisobotlar
  • Samaradorlikning muhim ko‘rsatikichlari
Axborot xizmati
  • Foydali maqolalar
  • Videolavhalar
Faoliyat
  • Transport sohasida tajriba-sinov ishlarini olib borish
  • Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish
  • Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalarini berish
Yangiliklar
  • Tashkilot yangiliklari
  • Vazirlik yangiliklari
  • Dunyo yangiliklari
Bog‘lanish

logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Menu
  1. Bosh sahifa
  2. Axborot xizmati
  3. Foydali maqolalar

Maqolalar

1
Xalqaro yuk tashishda ishtirok etuvchi avtotransport vositasining raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan haydovchi kartochkalarini olish uchun hujjatlar topshirish va kartochkasini olish tartibi
Raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarini topshirish va olish tartibi ma’lum bir talablar asosida amalga oshiriladi.
Avvalo topshirish tartibi bilan tanishib chiqadigan bo‘lsak, raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarini olish istagida bo‘lgan haydovchilar bizning markazga shaxsan o‘zlari kelishlari kerak bo‘ladi va birinchi navbatda nazorat qurilmasi kartochkasi haqida ma’lumotga qay darajada egaliklari o‘rganiladi. Agarda haydovchi nazorat qurilmasi kartochkalari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa mutaxassislar tomonidan kerakli ma’lumotlar beriladi. So‘ngra haydovchi shartnoma bilan tanishtiriladi. Agar haydovchi shartnoma shartlariga rozilik bildirsa, u bilan sharnoma imzolanadi. Shundan so‘ng haydovchi qo‘liga ariza blankasi topshiriladi. Haydovchi ariza bilan tanishgan holda o‘z ixtiyori bilan o‘z nomidan raqamli nazorat qurilmasi kartochkasi uchun ariza topshiradi. Raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari ariza topshiruvchi ariza topshirgan kundan boshlab shartnomada belgilangan vaqt ichida tayyor bo‘ladi va ariza topshiruvchiga topshiriladi. Tayyor bo‘lgan nazorat qurilmasi kartochkalarini olishda ham haydovchi ariza topshirgan joyiga kelib shaxsan o‘zi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan holda olib ketadi. Haydovchilar kartochkalarini tayyor bo‘lganligi haqida ma’lumotni bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali olishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida ariza topshirishda kerak bo‘ladigan hujjatlarni sanab o‘tamiz:
  • 1. Passport yoki ID passport va xorijga chiqish pasporti
  • 2. Haydovchilik guvohnomasi
  • 3. 3/4 formatdagi 2dona fotosurat
  • 4. Haydovchi kartochkasi uchun to‘lov kvitansiyasi
Ma’lumot sifatida haydovchilar uchun beriladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarining amal qilish muddati 5 yil hisoblanadi.
Batafsil
1
Ilmiy-tadqiqot boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari
Boshqarma transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, transport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, transport sohasida loyihalash ishlarini olib borish, transport vositalarining texnik holati, normativ hujjatlar loyihalari hamda transport sohasida boshqa turdagi ekspertiza ishlarini o‘tkazish va transportda standartlashtirish ishlarini olib borish bilan shug‘ullanadi. Boshqarmaga o‘z faoliyatiga daxldor bo‘lgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
  • 1. Transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishida;
  • 2. Transport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish yo‘nalishida;
  • 3. Transport sohasida loyihalash ishlarini olib borish yo‘nalishida;
  • 4. Transport vositalarining texnik holati, normativ hujjatlar loyihalari hamda transport sohasida boshqa turdagi ekspertiza ishlarini o‘tkazish yo‘nalishida;
  • 5. Transportda standartlashtirish ishlarini olib borish yo‘nalishida.
Boshqarma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Batafsil
1
Raqamli nazorat qurilmalarda foydalaniladigan kartochkalarning tuzilish va funksiyalari to‘g‘risida qisqacha maʼlumot
Maʼlumotni tayyorlashda “Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashiydigan transport vositalari ekipajining ish faoliyatiga ta’luqli Yevropa bitimi” (ESTR) ga avtotransport vositalarining raqamli nazorat qurilmasi – taxograflarni o‘rnatish, sinash va inspektsiya qilish qoidalarini o‘zida mujassam qilgan 1V Qo‘shimchasidan foydalanildi. ECE/TRANS/SC.1/2006/2/Add.1
Raqamli nazorat qurilma kartochkalari bu- nazorat qurilmasida foydalaniladigan mikrosxemali kartochka bo‘lib u raqamli nazorat qurilmalariga kartochka egasi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni identifikatsiya qilish va saqlashga ruxsat beradi.
Kartochkaning turidan qatʼiy nazar kartochka yuzasiga katta shrift bilan kartochkani beruvchi mamlakatning rasmiy tilida yoki ESTR Bitimi ishtirokchisi bo‘lgan mamlakat tilida “Haydovchi kartochkasi” (Driver card), “Nazoratchi kartochkasi” (Control Card), “Ustaxona kartochkasi” (Workshop Card), “Tashkilot kartochkasi” (Company Card) yozuvlari yoziladi;
Kartochkalar quyidagi ranglarda ishlab chiqarish belgilangan:
  • - Haydovchi kartochkasi: oq
  • - Nazoratchi kartochkasi: ko‘k
  • - Ustaxona kartochkasi: qizil
  • - Tashkilot kartochkasi: sariq
Kartochkalar eng kamida quyidagi himoya elementlariga ega bo‘lishi kerak:
  • - Bir-birini kesib o‘tuvchi yupqa naqshdor chiziqdan iborat himoya foni;
  • - Fotosurat sohasida fotosuratni himoya qiluvchi qoplama;
  • - Mikropechat qilib tushirilgan kamida bitta ikki xil rangli chiziq;
ESTR Bitimi ishtirokchilari BMT EIK bilan kelishgan holda o‘zining milliy ramzlari va qo‘shimcha elementlarni kartochkaning himoya qoplamasiga zarar yetkazmagan holda kiritishlari mumkin.
Himoya tizimi kartochka va nazorat qurilmasi o‘rtasida uzatiladigan, kartochkadan ko‘chirib olinadigan maʼlumotlarni butunligi va haqiqiyligini saqlashga qaratilgan bo‘lib maʼlumotlarni soxtalashtirishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Kartochka raqamli nazorat qurilmalari hamda kartochka turining identifikatsiya maʼlumotlarini o‘zida saqlashi shart. Kartochka himoya qilishi zarur bo‘lgan elementlar bular - Yevropa ochiq kaliti, Bitim ishtirokchisining sertifikati, kartochka sertifikati va kartochkaning yopiq (maxfiy) kalitidir.
Kartochkalar tuzilishi jihatdan atrof muhit va elektromagnitga moslashuvchan bo‘lishi kerak. Kartochkalar Bitim ishtirokchilari mamlakatlarining barcha klimat sharoitlarida, minimum -25S dan +70Sgacha bo‘lgan temperaturada (4 soatdan ishlatganda) hamda 10% dan 90% gacha bo‘lgan namlikda ishlashga qodir bo‘lishi kerak.
Batafsil
  • Foydali maqolalar
  • Videolavhalar
logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqidaOchiq ma’lumotlarKorporativ boshqaruvAxborot xizmatiFaoliyatYangiliklarBog‘lanish
InstagramFacebookYoutubeTelegram
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
info@titm.uz
100128, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 - uy

Barcha huquqlar himoyalangan
InstagramFacebookYoutubeTelegram
Ishonch telefoni:
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
Elektron manzil:
info@titm.uz
Sayt xaritasi
eyeglasses
A
A+