Transport sohasida tajriba-sinov ishlarini olib borish

Tashkilotning tajriba-sinov ishlaridagi yo'nalishlari:

- Shinalarning yo‘l bosish me’yorlarini o‘lchash ishlarini amalga oshirish

- Yonilg‘ining sarflanish me’yorlarini ishlab chiqish

- Yo‘nalish va nollik masofalarini o‘lchash ishlarini olib borish

- SPS guvohnomasini berish

Avtomobil shinalarining ekspluatatsion yo‘l bosish me’yorlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shinalarga ehtiyojini rejalashtirish, moddiy resurslar harajatlarini, tariflarini va soliqqa tortish hisob-kitobini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

Avtotransport vositalari, yo‘l-qurilish mashinalari, texnika va mexanizmlari uchun yonilg‘ini sarf qilish me’yorlari statistik va operativ hisobotni yuritish, yuk tashishda va boshqa turdagi transport ishlarida rejalashtirilgan tan-narxni aniqlash, korxonaning yoqilg‘i-moylash materiallariga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirish, iste’mol qilinayotgan yoqilg‘i-moylash materiallarini tejash va energotejamkorlik rejimini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Avtotransport vositalarining yo‘nalish va nollik masofalarini o‘lchash ishlari “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat muassasasi tomonidan metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan maxsus uskuna (tezlik va masofa optik datchigi ISD-3) yordamida amalga oshirilib kelinadi.

O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashish qoidalari hamda 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida (Shveytsariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar to‘g‘risidagi va ushbu tashishlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitim asosida SPS guvohnomasini taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.

Foydali havolalar
O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali
O'zbekiston Respublikasi davlat dasturlari portali
Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат портали
ONE ID - sizning yagona kalitingiz!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Олий Мажлис Конунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти
Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash tizimi
Taraqqiyot strategiyasi markazi
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Электрон онлайн-аукционларни ташкил этиш маркази