logo
Loading...

Platforma sinov tariqasida ishga tushirilgan

logologo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqida
  • Markaz haqida
  • Rahbariyat
  • Tashkiliy tuzilma
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
Ochiq ma’lumotlar
  • Rivojlanish strategiyasi
  • Xaridlar to‘g‘risida
Korporativ boshqaruv
  • Biznes-reja
  • Ta’sischi qarorlari
  • Hisobotlar
  • Samaradorlikning muhim ko‘rsatikichlari
Axborot xizmati
  • Foydali maqolalar
  • Videolavhalar
Faoliyat
  • Transport sohasida tajriba-sinov ishlarini olib borish
  • Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish
  • Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalarini berish
Yangiliklar
  • Tashkilot yangiliklari
  • Vazirlik yangiliklari
  • Dunyo yangiliklari
Bog‘lanish

logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Menu
  1. Bosh sahifa
  2. Maqolalar
  3. Xalqaro yuk tashishda ishtirok etuvchi avtotransport vositasining raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan haydovchi kartochkalarini olish uchun hujjatlar topshirish va kartochkasini olish tartibi

Xalqaro yuk tashishda ishtirok etuvchi avtotransport vositasining raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan haydovchi kartochkalarini olish uchun hujjatlar topshirish va kartochkasini olish tartibi

Image
Raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarini topshirish va olish tartibi ma’lum bir talablar asosida amalga oshiriladi.
Avvalo topshirish tartibi bilan tanishib chiqadigan bo‘lsak, raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarini olish istagida bo‘lgan haydovchilar bizning markazga shaxsan o‘zlari kelishlari kerak bo‘ladi va birinchi navbatda nazorat qurilmasi kartochkasi haqida ma’lumotga qay darajada egaliklari o‘rganiladi. Agarda haydovchi nazorat qurilmasi kartochkalari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa mutaxassislar tomonidan kerakli ma’lumotlar beriladi. So‘ngra haydovchi shartnoma bilan tanishtiriladi. Agar haydovchi shartnoma shartlariga rozilik bildirsa, u bilan sharnoma imzolanadi. Shundan so‘ng haydovchi qo‘liga ariza blankasi topshiriladi. Haydovchi ariza bilan tanishgan holda o‘z ixtiyori bilan o‘z nomidan raqamli nazorat qurilmasi kartochkasi uchun ariza topshiradi. Raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari ariza topshiruvchi ariza topshirgan kundan boshlab shartnomada belgilangan vaqt ichida tayyor bo‘ladi va ariza topshiruvchiga topshiriladi. Tayyor bo‘lgan nazorat qurilmasi kartochkalarini olishda ham haydovchi ariza topshirgan joyiga kelib shaxsan o‘zi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan holda olib ketadi. Haydovchilar kartochkalarini tayyor bo‘lganligi haqida ma’lumotni bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali olishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida ariza topshirishda kerak bo‘ladigan hujjatlarni sanab o‘tamiz:
  • 1. Passport yoki ID passport va xorijga chiqish pasporti
  • 2. Haydovchilik guvohnomasi
  • 3. 3/4 formatdagi 2dona fotosurat
  • 4. Haydovchi kartochkasi uchun to‘lov kvitansiyasi
Ma’lumot sifatida haydovchilar uchun beriladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalarining amal qilish muddati 5 yil hisoblanadi.
logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqidaOchiq ma’lumotlarKorporativ boshqaruvAxborot xizmatiFaoliyatYangiliklarBog‘lanish
InstagramFacebookYoutubeTelegram
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
info@titm.uz
100128, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 - uy

Barcha huquqlar himoyalangan
InstagramFacebookYoutubeTelegram
Ishonch telefoni:
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
Elektron manzil:
info@titm.uz
Sayt xaritasi
eyeglasses
A
A+