logo
Loading...

Platforma sinov tariqasida ishga tushirilgan

logologo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqida
  • Markaz haqida
  • Rahbariyat
  • Tashkiliy tuzilma
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
Ochiq ma’lumotlar
  • Rivojlanish strategiyasi
  • Xaridlar to‘g‘risida
Korporativ boshqaruv
  • Biznes-reja
  • Ta’sischi qarorlari
  • Hisobotlar
  • Samaradorlikning muhim ko‘rsatikichlari
Axborot xizmati
  • Foydali maqolalar
  • Videolavhalar
Faoliyat
  • Transport sohasida tajriba-sinov ishlarini olib borish
  • Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish
  • Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalarini berish
Yangiliklar
  • Tashkilot yangiliklari
  • Vazirlik yangiliklari
  • Dunyo yangiliklari
Bog‘lanish

logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Menu
  1. Bosh sahifa
  2. Faoliyat
  3. Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish

Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish

Metodologiya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 27-iyundagi “Transport ilmiy ishlab chiqarish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustavi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 107-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari etib quyidagilar belgilangan:
  • - Transport faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  • - Markaz faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish.
Qolaversa, bo‘limga o‘z faoliyatiga daxldor bo‘lgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Shuningdek, bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajarishi belgilangan:
  • a) transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan:
    • - transport sohasida yagona texnik siyosatni shakllantirishda ishtirok etadi;
    • - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
    • - shartnoma asosida texnik reglamentlar ishlab chiqadi va ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishni amalga oshiradi;
    • - texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
    • - texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;
    • - texnik tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tuzadi va uning ishini tashkil etadi;
    • - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda o‘z tashabbusiga ko‘ra, transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yuqori turuvchi organga kiritadi;
  • b) Markaz faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan:
    • - mustaqil ravishda yoki Markazning tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Markaz faoliyatiga taalluqli qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
    • - ayrim hollarda Markaz direktori topshirig‘iga muvofiq qonunchilik hujjatlari loyihalarini, axborot-tahliliy va boshqa materiallarni tayyorlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi;
    • - Markazga kelishish uchun taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi;
    • - normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda Markazning tarkibiy bo‘linmalariga uslubiy ko‘rsatmalar beradi;
    • - normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi. Hamda, bo‘lim qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bo‘lim faoliyati jarayonida, 6 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 3 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentlar, 130 dan ortiq texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishiga erilishilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 36 ta davlat standartlari ishlab chiqildi hamda xalqaro ISO standartlari bilan muvofiqlashtirildi.
  • Transport sohasida tajriba-sinov ishlarini olib borish
  • Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish
  • Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalarini berish
logo
Transport
ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz haqidaOchiq ma’lumotlarKorporativ boshqaruvAxborot xizmatiFaoliyatYangiliklarBog‘lanish
InstagramFacebookYoutubeTelegram
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
info@titm.uz
100128, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 - uy

Barcha huquqlar himoyalangan
InstagramFacebookYoutubeTelegram
Ishonch telefoni:
+998 (71) 202-05-01 (189, 186)
Elektron manzil:
info@titm.uz
Sayt xaritasi
eyeglasses
A
A+