O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida” gi 340-son qaroriga asosan, Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga mo‘ljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibi belgilangan.
Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2345, 2012-yil 26-mart) asosan raqamli nazorat qurilmasi kartochkasini olishda talabgor jismoniy va yuridik shaxslarga kartochkalarni taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Bunda talabgor shaxs arizani yozma ravishda topshirishgan holda olishi belgilangan.
Hozirda, talabgorlar qulaylik yaratish, ularning vaqti va sarf-xarajatlarini kamaytirish maqsadida, raqamli nazorat qurilmasi kartochkalariga arizalar elektron shaklda “TITM” mobil ilovasi orqali masofadan turib topshirish imkoniyati yaratildi.
Qolaversa, tayyor bo‘lgan kartochkalarni yetkazib berish xizmati yordamida (uz.pochta) o‘z egalariga arizada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur “TITM” mobil ilovasini GooglePlay platformasidan yuklab olish mumkin.