Joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoyning avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish uskunalari sanoati assotsiatsiyasi (CAMEIA) vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda CAMEIA delegatsiyasidan 10 nafar rahbar va vakillar, O‘zbekiston tomonidan esa Transport va logistikani rivojlantirish va muammolarini o‘rganish markazi direktori B.N. Kholmatov, “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ direktori U.M. Iminov, Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshligʻi M.M. Ikramov va “Toshshahartransxizmat” AJ bosh muhandisi J.L. Mannopovlar ishtirok etdi
CAMEIA haqida ma’lumot: CAMEIA — milliy, sanoatga oid, notijorat ijtimoiy tashkilot bo‘lib, avtomobil tekshiruvi va ta’mirlash uskunalari, yo‘l transporti uskunalari, avtomobil kimyoviy mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi hamda sanoat zanjirining yuqori va quyi qismidagi sohalarda faoliyat olib boruvchi korxona va muassasalarni o‘z ichiga oluvchi tashkilot toʻgʻrisida ma’lumot berildi.
Shuningdek, xavfsiz transport, yashil transport va aqlli transport sohalarida ham faoliyat yuritishlari boʻyicha tushunchalar taqdim etildi.
Tashkilot 1983-yil oktabr oyida tashkil topgan bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi nazorati ostida faoliyat yuritilishi ta’kidlab oʻtildi.
Mazkur tashkilot, 2016 va 2023-yillarda Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi tomonidan 4 A milliy ijtimoiy tashkilot sifatida, 2021-yilda esa “Milliy ilg‘or ijtimoiy tashkilot” unvoni bilan taqdirlangan.
Uchrashuvning asosiy mazmuni:
1. Tomonlar oʻrtasida oʻzaro tanishuv va ma’lumot almashinuvi boʻlib oʻtdi.
Bunda:
Tashkilotlar, xodimlar soni va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar almashildi.
Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish, avtomobil uskunalari va boshqa faoliyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
“Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ direktori U.M. Iminov esa Transport vazirligining amaldagi faoliyatlari va istiqbollari haqida qisqacha ma’lumotlar taqdim etdi.
2. Tomonlar oʻrtasida oʻzaro savol-javob sessiyasi amalga oshirildi. CAMEIA vakillari tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari va sinov uskunalari bo‘yicha bir qator savollar berildi va mazkur savollarga tegishli va batafsil tushunchalar taqdim etildi.
3. Hamkorlikka oid imkoniyatlar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, STG-3 turidagi kompozit gaz balonlarini sinash laboratoriya uskunalari va elektromobillar uchun test uskunalari bo‘yicha texnologik almashinuvlar va qo‘shma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Ucharashuv yakunida, kelgusi hamkorlik rejalari toʻgʻrisida muhokamalar amalga oshirildi.
Kelajakda Transport vazirligi va CAMEIA o‘rtasida texnologiyalar va tajriba almashishni davom ettirish shuningdek, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv samarali va do‘stona muhitda o‘tdi, hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarga erishildi.