Transport sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqish

Metodologiya bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 27-iyundagi “Transport ilmiy ishlab chiqarish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustavi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 107-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:

- Transport faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

- Markaz faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish.

Bo‘lim zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

a) transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan:

- transport sohasida yagona texnik siyosatni shakllantirishda ishtirok etadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari bo‘yicha takliflar kiritadi;

- shartnoma asosida texnik reglamentlar ishlab chiqadi va ularni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishni amalga oshiradi;

- texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

- texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;

- texnik tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tuzadi va uning ishini tashkil etadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda o‘z tashabbusiga ko‘ra, transport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yuqori turuvchi organga kiritadi;

b) Markaz faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan:

- mustaqil ravishda yoki Markazning tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Markaz faoliyatiga taalluqli qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;

- ayrim hollarda Markaz direktori topshirig‘iga muvofiq qonunchilik hujjatlari loyihalarini, axborot-tahliliy va boshqa materiallarni tayyorlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqadi;

- Markazga kelishish uchun taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi;

- normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda Markazning tarkibiy bo‘linmalariga uslubiy ko‘rsatmalar beradi;

- normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi.

Bo‘lim faoliyati davomida, 6 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 3 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamentlar, 130 dan ortiq texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 36 ta davlat standartlari ishlab chiqildi va xalqaro ISO standartlari bilan muvofiqlashtirildi.

Foydali havolalar
O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali
O'zbekiston Respublikasi davlat dasturlari portali
Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат портали
ONE ID - sizning yagona kalitingiz!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Олий Мажлис Конунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси Президентининг расмий веб-сайти
Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash tizimi
Taraqqiyot strategiyasi markazi
Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси
Электрон онлайн-аукционларни ташкил этиш маркази